BYD Yuan UP DM-i O‘zbekistonda:
gibrid krossover narxi va texnik xususiyatlari
BYD Yuan UP DM-i — shahar bo‘ylab harakatlanish va uzoq safarlar uchun mo‘ljallangan ixcham plug-in gibrid krossover. U beshovqin elektr harakatini benzinda ishlovchi dvigatelning quvvati bilan birlashtiradi: kundalik yo‘nalishlarni elektr kuchi yordamida bosib o‘tish, uzoq safarlarda esa quvvatlash stansiyalariga bog‘lanib qolmaslik imkonini beradi.

O‘zbekistonda model 110KM Flagship komplektatsiyasida taqdim etilgan. Avtomobil BYD Super Hybrid DM-i texnologiyasi, Blade Battery akkumulyatori, elektr energiyasida 110 km gacha yurish zaxirasiga ega va NEDC sikli bo‘yicha 1100 km gacha masofani bosib o’ta oladi.
O‘zbekistonda BYD Yuan UP DM-i narxi
BYD Yuan UP DM-i narxi 266 700 000 so‘mni tashkil etadi. Yangi BYD gibrid avtomobilini Toshkent shahrida BYD’ning rasmiy dileri MEGAWATTdan xarid qilish mumkin. Bu yerda avtomobillarning ranglarini tanlash, kredit yoki muddatli to‘lovning amaldagi shartlari bilan tanishish hamda test-drayvga yozilish mumkin.

BYD Yuan UP DM-i’ning asosiy texnik xususiyatlari

Parametr Qiymati
Quvvat qurilmasi BYD Super Hybrid DM-i, 1,5 l dvigatel
Elektromotor 145 kVt, 300 N·m
Batareya Blade Battery LFP, 18,03 kVt·soat
EV rejimidagi yurish zaxirasi NEDC bo‘yicha 110 km gacha
Umumiy yurish zaxirasi NEDC bo‘yicha 1100 km gacha
Yoqilg‘i sarfi NEDC bo‘yicha 3,1 l/100 km
0–100 km/s gacha tezlanish 7,5 soniya
Bagaj hajmi 425–1335 litr
BYD Super DM-i gibrid tizimi qanday ishlaydi?
DM-i tizimi elektr uzatmasiga ustuvorlik beradi. Shaharda BYD Yuan UP DM-i elektromobil sifatida silliq harakatlanadi. Benzinda ishlaydigan dvigatel generator vazifasini bajaradi, zarur bo‘lganda u avtomobil harakatiga qo‘shilishi mumkin. Elektronika eng samarali harakatlanish rejimini avtomatik ravishda tanlaydi.

Gibrid avtomobilni har kuni quvvatlamasdan ham boshqarish mumkin, biroq yoqilg‘i sarfini imkon qadar kamaytirish uchun uni muntazam ravishda elektr tarmog‘iga ulab turgan ma’qul. Shunda avtomobil EV rejimidan ko‘proq foydalanadi, benzinda ishlaydigan dvigatel esa yoqilg’I sarflamaydi.
Dizayn, salon va texnologiyalar
BYD Yuan UP DM-i o‘lchamlari — 4330 × 1830 × 1675 mm. Ixcham kuzov, 5,25 m burilish radiusi, 360° atrofni ko‘rish kamerasi va parkovka datchiklari shaharda harakatlanish va parkovka qilishni yanada qulaylashtiradi. Model LED optika, panoramali tom va 16 dyuymli yengil qotishmali disklar bilan jihozlangan.

Salonida 12,8 dyuymli multimedia ekrani, raqamli asboblar paneli, 50 Vt quvvatli simsiz zaryadlash, old o‘rindiqlar va rulni isitish funksiyasi, orqa havo aylanish kanallari hamda CN95 filtri mavjud. Shuningdek, BYD App, NFC-kalit, Bluetooth, 4G, OTA yangilanishlari, rus va o‘zbek tillarida ovozli boshqaruv funksiyalari taqdim etilgan.

Bagaj hajmi 425 litr, orqa o‘rindiqlar buklanganda esa 1335 litrgacha oshadi. V2L funksiyasi avtomobil batareyasidan turistik jihozlar va tashqi elektr qurilmalarini quvvatlantirish imkonini beradi.
BYD Yuan UP DM-i xavfsizligi
Avtomobil old va yon xavfsizlik yostiqlari, yon xavfsizlik pardalari, ABS, elektron barqarorlikni nazorat qilish tizimi, tortish kuchini nazorat qilish, Auto Hold, shinalardagi bosimni nazorat qilish tizimi, pastlikka tushishda yordam berish funksiyasi hamda ISOFIX mahkamlagichlari bilan jihozlangan.
360° kamera avtomobil atrofidagi vaziyatni kuzatishga yordam beradi.
Toshkentda BYD Yuan UP DM-i’ni qayerdan xarid qilish mumkin?
BYD Yuan UP DM-i’ning amaldagi narxini bilish, rangini tanlash va test-drayvga yozilish uchun BYD MEGAWATTga murojaat qilishingiz mumkin.
Agar salon, jihozlar va avtomobilni harakatda oldindan ko‘rishni istasangiz, BYD Yuan UP DM-i’ning batafsil sharhini tomosha qiling — [To‘liq sharh].